AsosiyShou-biznes

Lola va DJ Piligrim’dan Xalqaro UNICEF tashkilotining madhiyasi hisoblanmush "Imagine" qo`shig`ini premerasi (video)

Estradamizning yorqin va mahoratli ijodkorlari - Lola va Dj Piligrim birgalikda katta loyihaga qo`l urishgani haqida xabar bergandik. Xalqaro UNICEF tashkilotining madhiyasi hisoblanmush "Imagine" qo`shig`ini kuylashdi. Bu xaqda popcorn.uz xabar beradi.

Minglab muxlislar intiqib kutgan qo`shiq tayyor bo`lib, nihoyat bugun premera sifatida taqdim etildi. Bu esa UNICEF tashkilotining butun O`rta Osiyodan Yoko Onoga yo`llagan eng qimmatbaho sovg`alardan bo`ldi. Gap shundaki, bugun "Imagine" qo`shig`ining asl muallifi afsonaviy Jon Lennonning rafiqasi Yoko Ononing tavallud kunidir. Shu sabab ham bu sana bejizga tanlanmadi. Yoko Ono xonim uchun tug`ilgan kunga munosib tuhfa bo`lgan bu qo`shiq bugun "O`zbegim Taronasi" radiosi orqali ilk bora muxlislar uchun jarang sochdi.

Ko`pchilikning yuragini larzaga keltirgan tarona tinglovchilarning olqishlariga erisha oldi. "Imagine" qo`shig`ining musiqasi yangicha, ya`ni milliy cholg`u asboblari bilan uyg`unlashtirilgan. Bu esa taronaga sharqona nafas bag`ishlagan. Aynan shu jihati alohida e`tirof etilgan tarona uchun videoklip ham tasvirga olingan.

Timur Primqulov tomonidan Gulsina Abdurahmonova ssenariysi asosida suratga olingan klipda "Tomosha" bolalar guruhi ham ishtirok etib, beg`ubor tasvirlar orqali qo`shiq mazmuni yoritilishi ko`zda tutilgan. Videoklipning premerasi UNICEF ning O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o`tkaziladigan press konferensiyada rasmiy ravishda o`tkazilishi rejalashtirilgan. 

    Boshqa yangiliklar