AsosiyShou-biznes

Sharof Muqimov hamda Sevinch Mo`minova ijrosidagi yangi duet premerasi

Kecha, 23 fevral kuni  “O`zbegim taronasi” radiosida san`at olamidagi ko`zga ko`ringan xonandalar juftligi Sevinch Mo`minova hamda Sharof Muqimov ijrosidagi yangi duet tarona premerasi taqdim etildi. Bu haqda popcorn.uz xabar beradi.

Mazkur qo`shiq yangi suratga olinayotgan kinofilm uchun yaratilgan “Ishongin” nomli saundtrek bo`lib, u Gulbahor Mo`minova so`zi va Rustam Tulashev musiqasi asosida yaratilgan.

Mart oyida katta ekranlarga chiqishi kutilayotgan “So`nggi kun” nomli kinokartinada bu ikki juftlik birga suratga tushishgan. Bosh rollarni Sevinch hamda Sharof ijro etgan bo`lsa-da, ulardan tashqari yana Sanjar Shodiev, Ubaydulla Omon, Lutfulla va Gulchehra Sa`dullaevalar, Zuhra Solieva kabi professional aktyorlar ansambli jalb etilgan.

Melodramma janrida yaratilayotgan mazkur filmni tomosha qilgan kinomuxlis ham ko`zida yosh, ham yuzida tabassum va katta qiziqish bilan ta`ssurotlarga ega bo`ladi, desak adashmaymiz.

Yangi premera etilgan duet taronaga yaratilgan saundtrek videoklipini tez kunda saytimiz orqali ilk tomoshabini bo`lishingiz mumkin bo`ladi, o`tkazib yubormang. 

 

    Boshqa yangiliklar