1

Qabulga boraverib charchagan fuqaroni nega ishga olishmayapti?

Savol-javob 03.02.2020, 18:42
Qabulga boraverib charchagan fuqaroni nega ishga olishmayapti?

— 1979 yil tug`ilgan o`g`limkasallik tufayli1,5 yoshidan o`ng ko`ziko`rmaydi va qulog`ieshitmaydi. Maktabnibitirgan yili bir umrga III guruh nogironligi berilgan. O`g`lim19 yillik ish stajiga ega. Shundan11 yilida Chirchiq shahridagizavodda ishlagan. Zavod inqirozgauchraganda, ishdan ketgan. 3 yil bo`ldi, zavod ishga tushgan.O`g`lim 2 yildan beri har shanbaqabulga boraverib charchadi, ishgaolishmayapti...

Nortoji Shamshieva, Qibray tumani       

MARKAZGA QAYTA MUROJAAT ETIShINGIZ MUMKIN

A.INAGAMOV, Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarma boshlig`i o`rinbosari:

— Murojaatingiz yuzasidan Qibray tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazining bo`sh ish o`rinlari bazasidan o`g`lingizga “Karvon”  QKda ishchi, 4-sonli montaj boshqarmasida ishchi bo`sh ish o`rinlari taklif etilgan. Ushbu taklif etilgan bo`sh ish o`rinlarida ishlashni rad etgansiz. Agarda taklif etilgan ish o`rinlarida ishlash istagi paydo bo`lsa, Markazga qayta murojaat etishingizmumkin.

Bundan tashqari, ish.mehnat.uz saytidagi mavjud bo`sh ish o`rinlari bilan tanishgan holda mustaqil murojaat etishingiz yoki bandlik xizmatlaridan qayta foydalanishingiz mumkin.

“Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi Qonunning 3-moddasida ishsiz shaxs taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan taqdirda ishsiz deb e`tirof etilmasligi belgilab qo`yilgan.

Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonunning 32-moddasi talablariga ko`ra, javobdan norozi bo`lgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat etish huquqingiz bor.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1