AsosiySport

Samuel Piter uch yillik tanaffusdan so`ng yana ringga qaytmoqda

Professional boksning superog`ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Samuel Piter (34–5, 27 KO) uch yillik tanaffusdan so`ng yana katta ringga qaytmoqda. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Nigeriyalik bokschi 10 raundlik jangda amerikalik 33 yoshli Derrik Rossi (28–8, 14 KO) ga qarshi ringga ko`tariladi. Bo`lajak jang 22 mart kuni AQShning Vashington shtati, Takoma shahrida bo`lib o`tadi.

Ta`kidlash joiz, Piter o`zining so`nggi ikki jangida Vladimir Klichko va Robert Xeleniuslarga nokaut bilan mag`lub bo`lgandi. E`tiborga molik jihati, Derrik Rossi ham Piter singari so`nggi ikki jangida mag`lubiyat alamini totib ko`rgan.

    Boshqa yangiliklar