AsosiySport

Shaxmat. Rustam Qosimjonov FIDE Gran-Pri turnirining uchinchi bosqichida to`rtinchi o`rinni egalladi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida o`tkazilgan FIDE Gran-prisining uchinchi bosqich musobaqalari yakuniga etdi. 

Dunyoning 12 nafar etakchi grossmeysterlari ishtirokida o`tkazilgan mazkur nufuzli musobaqada hamyurtimiz, 2004 yilgi Jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham g`oliblik uchun bahs olib bordi. 

O`n bir turdan iborat davom etgan musobaqada ikki o`yinda g`alaba qozonib, etti partiyada durang natijani qayd etgan Rustam Qosimjonov 11 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg`argan holda turnir jadvalida to`rtinchi o`rinni band etdi. Hamyurtimiz 3-o`rin egasi ozarbayjonlik Teymur Rajabovdan yarim ochko kam jamg`ardi.  Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Musobaqada 11 imkoniyatdan 8 ochko jamg`argan rossiyalik Evgeniy Tomashevskiy birinchi o`rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar