AsosiyShou-biznes

Ulug`bek Rahmatullaevning qo`shig`i o`g`irlandi! (video)

2014-yilning "Eng yaxshi xonandasi" sifatida e`tirof etilgan iste`dodli va mahoratli xonandamiz Ulug`bek Rahmatullaev yana katta shov-shuvlarga sababchi bo`lmoqda, deb yozadi popcorn.uz.

Ijodkorning haqiqiy ma`noda xitga aylangan "Sog`inib" nomli qo`shig`i bugun chet ellik xonanda tomonidan ko`chirilganligi ayon bo`ldi. Arman millatiga mansub Grigoryan Esayan Vons ismli ijodkor tomonidan kuylangan "Em kez sirum" qo`shig`i ham ommalashishga ulgurdi. 

Taronaning tanish ohanglarini eshitgan Ulug`bek Rahmatullaev qo`shiqni undan olishganini sezib qolib, avvaliga taajjubga tushgani tabiiy. Biroq ijodkor bu qo`shiqni salbiy munosabat bilan emas, balki ijobiy hislar bilan qabul qildi. Xattoki, bundan mamnun ekanligini ham bildirdi.

Bu holat shuni anglatadiki, demak, Ulug`bek Rahmatullaev nafaqat O`zbekistonda, balki chet ellarda ham ancha mashhur. Bu esa albatta xonandaning yutug`idir. 

 

    Boshqa yangiliklar