1

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida yong`in tufayli 2 kishi halok bo`lgan

Jamiyat 03.03.2015, 11:10
O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida yong`in tufayli 2 kishi halok bo`lgan

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida jami 168 ta yong`inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 7 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 2 nafar fuqarolar halok bo`lgan. Ushbu yong`inlarda 1 mlrd. 80 mln. 596 ming so`mdan ortiq qurilish materiallari va 956 mln. 930 ming so`mdan ortiq moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan. Bu haqda IIV rasmiy sayti xabar beradi.

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro O.Xamidovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 205 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda qo`shnisining uyini 5 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Xorazm viloyati Xiva tumanida yashovchi fuqaro A.Axmedovaning oshxonasida chaqnash sodir bo`lgan. Oshxonadagi gaz plitasiga o`rnatilgan propan gaz balloni shlangidan sizib chiqqan gaz hidini sezmagan uy egasining kelini, oshxonaga kirib gugurt chaqqan vaqtida xonaga to`plangan gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan. Chaqnash natijasida uyning 24 kv. metr maydonda tomi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`in o`chirish vaqtida uy bekasining kelini va 6 yoshli nevarasi kuyish tan jarohati olishib tuman shifoxonasiga joylashtirilganlar hamda 5 yoshli nevarasining kuygan holdagi jasadi topilgan.

Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida yashovchi I.Zaripovning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`ldi. Natijada uyning 80 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1