1

Dars soati qo`shib berish uchun “pechat”li hujjat talabi to`g`rimi?

Savol-javob 10.02.2020, 15:00
Dars soati qo`shib berish uchun “pechat”li hujjat talabi to`g`rimi?

— 1992 yil o`zim o`qigan 8-umumiy o`rta ta`lim maktabiga boshlang`ich sinf o`qituvchisi bo`lib ishga kirdim. 28 yillik pedagogik tajribaga egaman. Keyingi 10 yillikda maktabimizda ishchi xodimlar ko`payib, dars soatlarimiz kamayib bordi. Maktabimizda dars soatlari to`g`ri taqsimlanmagan. Hozir 6 soat dars bilan ta`minlanganman. Yosh xodimlarning dars soatlari menikidan 2 barobar ko`p. Ilmiy bo`lim mudiriga ariza yozgandim. “Siz ham “pechat” qo`yilgan hujjat olib keling, dars soati qo`shib beramiz”, dedi. “Qaerdan olaman?!” degan savolimga “Ba`zilar xalq ta`limi bo`limi mudiri, boshqalar prokuraturadan”, deb javob berdi... 6 soat dars bilan na oilamni boqa olaman va na kelinimning shartnoma to`lovini. Iltimos, amaliy yordam bersangiz. 

Umida G`ozieva, Farg`ona viloyati Oltiariq tumani

“O`QITUVChILARDAN ASOSSIZ HUJJAT TALAB QILMASLIK TUShUNTIRILDI”

D.KENJAEV, Xalq ta`lim vaziri o`rinbosari:

— Mazkur murojaat vazirlik ko`rsatmasiga asosan Farg`ona viloyati xalq ta`limi boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan joyida U.G`ozieva ishtirokida o`rganildi. O`rganish jarayonida maktab direktorining 2019 yil 6 noyabrdagi 27-sonli buyrug`i asosida U.G`ozievaga qo`shimcha 2 soat dars ajratildi. Maktab ma`muriyatiga o`qituvchilardan asossiz hujjat talab qilmaslik masalasida tushuntirish berildi. U.G`oziev o`rganish yakunlaridan qanoatlanganini yozma bayon qildi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1