AsosiyDunyo

Smartfon haydovchilik guvohnomasining o`rnini bosishi mumkin

AQShning Ayova shtati transport vazirligida avtomobil egalariga havdovchilik guvohnomasining elektron variantidan foydalanish uchun smartfonda saqlanadigan yangi tizim testdan o`tkazilmoqda.

Havdovchi fotosurati bilan standart ma`lumotlarga ega o`z guvohnomasining raqamli dublikati berilgan maxsus dasturni bepul saqlab olib foydalanishi mumkin. Bunda fotosurat polisiya shaxsni aniqlashida qiyinchilik tug`dirmaslik uchun o`zgaruvchan rakurs bilan berilgan bo`lishi shart. Biroq mazkur tizimdan foydalanishda asosan norasmiy xavfsizlikka taalluqli qator muammolar ham mavjud. Havdovchilik guvohnomasining nusxasi smartfonda PIN-kod bilan himoyalanadi, biroq qurilma yo`qolib qolishi yoki tizimni buzib kirishlari holatlari bo`lishi mumkin. Agar batareyasining quvvati ta`minlanmay qolsachi, unda nima qilish mumkin? Bu holda polisiya qanday ish tutadi? Yana tekshiruv vaqtida polisiya smartfondagi shaxsiy ma`lumotlarga kirish imkoniyatini ham bilib olishi mumkin.

Umuman olganda, hozircha savollar ko`p, biroq loyiha 2015-yilda  tatbiq etila boshlanishi haqida qaror qabul qilingan.

Manba: uz.infocom.uz

    Boshqa yangiliklar