Kecha Hindistonning Chandigar shahrida tennis bo`yicha “Fyuchers” turkumidagi sovrin jamg`armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat turnirning asosiy to`r bahslari boshlandi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.
Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini Sarvar Ikromov himoya qilmoqda. Qur`a natijasiga ko`ra hamyurtimiz birinchi bosqichda hindistonlik Ankit Sachdeva bilan hisob-kitob qildi. Ikromov raqibini ikki setda 6:4, 6:4 hisobida taslim qildi va keyingi bosqichga yo`l oldi.





