AsosiySport

Klichko navbatdagi jangga tayyorgarlikni boshladi

Super og`ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF versiyalari bo`yicha jahon chempioni 38 yoshli ukrainalik Vladimir Klichko (63-3, 53 KO) 30 yoshli amerikalik Brayant Jennigsga (19-0, 10 KO) qarshi kechadigan jangga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda sports.uz xabar qiladi.

Shu vaqtga qadar Avstriyaning Alp tog`larida tayyorgarlik olib borgan bokschi endi mashg`ulotlarni AQShda davom ettiradi. Bu mashg`ulotlarda Klichkoga professional faoliyatida 12 jang (10 nokaut) o`tkazib, barchasini g`alaba bilan yakunlagan yangi zelandiyalik og`ir vaznli charm qo`lqop ustasi Jozef Parker yaqindan yordam bermoqda.

Eslatib o`tamiz, Klichko - Jennings o`rtasidagi boks kechasi 25 aprel kuni Nyu-Yorkda bo`lib o`tadi.


 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar