Bahorda ko`pgina surunkali kasalliklarning zurayishi kuzatiladi. Xo`sh, buning sababi nimada? Mutaxassislarning aytishicha bunga quyidagi omillar sabab bo`larkan:
Bahorda organizm toliqib qolmasligi uchun nimalarga e`tibor berish kerakligi haqidagi savollarimizga tibbiyot fanlari nomzodi, allergolog Fotima Yo`ldosheva javob beradi.
— Bu davrda har bir kishi sog`lig`iga o`ta e`tiborli bo`lishi darkor. Bahorgi iliq kunlar boshlanishi bilan belgilari kuchayadigan kasalliklarning oldini olish yoki vaqtida davolash yaxshi samara beradi hamda kasallik zo`rayishining oldini oladi. Bahorda zo`riqishi kuzatiladigan kasalliklar quyidagilar:
1.Oshqozon yarasi. Asosan aprel oyida kasallikning belgilari kuzatila boshlaydi. Buning sababi aniqlanmagan.
Kasallik zo`raygandagi belgilar: qorin och paytidagi og`riq, kechasi boshlanadigan og`riq, ko`ngil aynishi, og`izdan yoqimsiz hid kelishi... Me`da yoki ichak yarasi zo`rayishiga yo`l qo`ymaslik uchun mavsum yaqinlashishi bilan oldini olish tadbirlarini ko`rish darkor.
Me`da va o`n ikki barmoq ichak yarasi gastrit kabi organizmda Helicobacter pylori bakteriyasi sabab kelib chiqadi. Bu bakteriya organizmimizga zarar etkazishidan oldin immunitetni kuchaytirish lozim.
Buning uchun quyidagi qoidalarga qat`i rioya qilishingiz kerak:
Me`da yarasi kasalligi bilan kasallangan kishilar bir kunda 5-6 marta taomlanishi. Taomnomasidan faqat yumshoq ovqatlar joy olishi lozim. Asosan qaynatilgan va dimlangan taomlar iste`mol qilish, klechatkasi ko`p bo`lgan mahsulotlar — mosh, no`xat, loviya, qo`ziqorin, yong`oq, kepakli non, limon, nordon olmalar, qahva, alkogol va gazli ichimliklar, kefir, sut, tortlar, nordon va pishmagan mevalar hamda qattiq go`shtni esa taomnomadan o`chirgan ma`qul. Parxezga amal qilish shart.
2. Asab tizimi kasalliklari. Biologik soat ishining buzilishi va bahoriy o`zgarishlar sabab ruhiy siqilish hamda asabiylashish holatlari ko`payishi kuzatiladi.
Agar atrofdagilardan va o`z ishingizdan qoniqmaslik hissini sezsangiz hamda ko`ngilingizni umidsizlik egallab olsa unda aprel oyi boshlarida ko`proq toza havoda sayr qilish, uyquga vaqtliroq yotish, jismoniy mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Agar bu ham yordam bermasa, bir-ikki haftaga ishdan ta`tilga chiqib, o`zingizga dam berishingiz lozim. Kasallikni davolagandan ko`ra, oldini olgan ma`qulligini unutmang.
3. Shamollash. Havoning tez-tez o`zgarib turishi, immunitetning tushib ketishi bahorda yuqumli va bronxial kasalliklarning rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Bundan tashqari bahorda sistit, gaymorit xurujlari kuchayadi. Ammo to`g`ri ovqatlanish, vitaminlar va viruslarga qarshi dorilar yuqumli kasalliklar bilan kurashish uchun immunitetni mustahkamlaydi. Bundan tashqari shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiling, ko`chadan kelgach, qo`lni obdon yuving, xonalarni shamollating.
4. Allergiya. Bu eng ko`p tarqalgan bahorgi kasalliklardan. Allergiyaga moyillik, asosan, irsiyatga bog`liq bo`ladi. Bu kasallikni bahorda zo`raymasligi uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
Iloji boricha ertalab soat 11 ga qadar ko`chaga chiqmaslik;
quyoshli yoki shamolli kunda deraza oynalariga nam matolar osib qo`yish.
5. Teri kasalliklari. Aprel oyida husnbuzarlar nafakat balog`at yoshidagilarda, balki 20 yoshdan 40 yoshgacha bulgan xotin-kizlarda ham toshishi mumkin.
Husnbuzarlar mavsumiy omillar ta`sirida teri osti yog` bezlari o`z funksiyasini bajara olmagani sababli yuzaga keladi. Bu mavsumda mikrob, bakteriyalar faollashadi. Agar organizmning immuniteti me`yorda bo`lsa buning xavfi yuk. Lekin aksincha bo`lsa, terida mayda toshmalar toshishi, shamollash, ko`zda konyuktivit boshlanishi mumkin. Bularning oldini olish uchun vitaminlar iste`mol qilish shart.