AsosiyShou-biznes

Botir Yaminovdan va`da qilingan o`ta ta`sirli klip (video)

"Bevafo yor" taronasidan ilhomlangan Botir Yaminov mazkur qo`shiqning davomi sifatida talqin etilgan "Yomondan" nomli ijod namunasini yaratgandi. Bu qo`shiq ham shu vaqtgacha ko`plab muxlislarning qalbidan joy olishga ulgurdi. Bu haqda popcorn.uz xabar qiladi.

Bugun saytimiz orqali mazkur taronaga ishlangan videoklipni e`tiboringizga havola etmoqdamiz. Botir Yaminov ham bu safar o`sha mahoratli ijodkorlar bilan hamkorlik qildi. 

Klip Muhammadali Iskandarov g`oyasi asosida suratga olinib, ta`sirchan ruhdagi syujetga egadir. Videoda bir qator professional aktyorlar jamoasi ishtirok etgan.

Jumladan, Umid Iskandarov, Gulchehra Sa`dullaeva, Aziz Rametov, Sug`diyona Azimova, shoir Ahad Qayum ham o`ziga xos obrazlarda namoyon bo`lishgan. 

Hayotiy syujetdagi klipni xoziroq tomosha qilish imkoniyatiga egasiz. 

    Boshqa yangiliklar