1

Ona-bolalarni erining uyida qonuniy haqqi bormi?

Savol-javob 17.02.2020, 18:29
Ona-bolalarni erining uyida qonuniy haqqi bormi?

— Turmush o`rtog`im bilan qonunan ajrashmaganmiz. Hozirgi kunda oilaviy kelishmovchiliklar hamda sog`ligim bo`lmagani sabab to`rt nafar farzandim bilan ijarada yashayapman. Turmush o`rtog`im bilan yashagan uyimiz qaynotamning nomida, qaynonamning nomida esa 2 ta uy bor. Men va bolalarim qaynotamning uyida ro`yxatda turamiz. U uyda men va bolalarimning haqqi bormi?

U.B., Buxoro viloyat G`ijduvon tumani

Axror SULAYMONOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi sudyasi:

— Agar siz va farzandlaringiz qaynotangizning uyida doimiy ro`yxatda turgan bo`lsangiz, ushbu uyda yashash va uydan foydalanish huquqiga egasizlar (Uy-joy kodeksi 32-modda). Biroq ushbu uyni yoki qaynonangizning nomidagi 2 ta uyni tasarruf qilish (sotish, hadya qilish, uydan ulush ajratib berishni talab qilish) huquqiga ega emassiz. Chunki ushbu holatda, siz uyning mulkdori hisoblanmaysiz. Amaldagi qonunchilikka asosan, mulk huquqi daxlsiz hisoblanadi. Ota-ona o`zining farzandlarini boshqa uy-joy bilan ta`minlab berish majburiyati belgilanmagan. Shu bilan birga, Oila kodeksining 65-moddasiga ko`ra, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o`z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g`amxo`r- ligidan foydalanish huquqiga ega ekanini inobatga olib, voyaga etmagan farzandlaringiz otasi- ning yashayotgan uyida ham u bilan birga yashash huquqiga egadirlar.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1