AsosiyShou-biznes

"Prezidenti saylovi: milliy va xorijiy tajriba" risolasi nashrdan chiqdi

“O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijod uyi tomonidan “Prezidenti saylovi: milliy va xorijiy tajriba” risolasi  chop etildi. Bu haqda Alisher Navoyi nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxona axborot xizmati xabar beradi.

Kutubxona fondi prezident saylovlarini tashkil etish, o`tkazish va ularning huquqiy ta`minoti to`g`risida ma`lumot beruvchi manba bilan boyidi.

Risola M.A.Rahimova tomonidan 40 bet hajmda tuzilgan bo`lib, unda prezident instituti, prezidentlik boshqaruv tizimlari, turli mamlakatlar prezidentlarining fuqarolik va siyosiy huquqlari to`g`risida so`z yuritiladi. Shuningdek, risolaning prezidentlar konstitusiyaviy maqomi va siyosiy tizimdagi o`rniga bag`ishlangan bo`limida O`zbekiston, Italiya, Fransiya, AQSh va Germaniya prezidentlarining qasamyod matni tahlil etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar