1

Koronavirus sabab Og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionati O`zbekistonda o`tkaziladi

Sport 18.02.2020, 12:42
Koronavirus sabab Og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionati O`zbekistonda o`tkaziladi

Joriy yilning 16-25 aprel kunlari bo`lib o`tadigan og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionatiga O`zbekiston mezbonlik qiladi. Bu haqda Osiyo og`ir atletika federasiyasi ma`lum qildi.

Aslida bu turnir qo`shni Qozog`iston davlatida o`tkazilishi belgilangan edi. Ammo, Osiyo chempionati Xitoyda koronavirusning yangi turi tarqalishi sababli Qozog`istondan O`zbekistonga ko`chirildi. Osiyo og`ir atletika federasiyasining maxsus bayonotida ma`lum qilinishicha, xalqaro tashkilot musobaqani Qozog`iston hukumati Xitoy bilan chegaradosh mamlakatlardan bo`lgan yo`lovchilarning harakatiga cheklovlar kiritgani sababli boshqa joyda o`tkazishga qaror qilgan.

“Osiyo og`ir atletika federasiyasi ijroiya qo`mitasi hozirgi vaziyatni zudlik bilan muhokama qildi va Osiyo chempionatini O`zbekistonga ko`chirish to`g`risidagi qarorga keldi”,  deyiladi bayonotda.

Ma`lumot uchun, oldinroq, 9-12 fevral kunlari “O`zbekiston” sport majmuasida og`ir atletika bo`yicha Xalqaro birdamlik musobaqasi muvaffaqiyatli o`tkazildi. Shuningdek, ayni kunlarda og`ir atletika bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo chempionati mamlakatimizda davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1