«O`zbekiston» nashriyot-matbaa ijod uyi tomonidan 2015 yilda 64 bet hajmda chop etilgan risola M.E.Abdusalomov rahbarligi ostidagi tahrir hayyati tomonidan tuzilgan bo`lib O`zbekiston fuqarolarini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qonunchiligining asosiy hujjatlari bilan tanishtiradi. Bu haqda Alisher Naoviy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati xabar qiladi.
Mazkur risolada «Xalqaro saylov standartlari» tushunchasi, mohiyati, turlari va manbalari, ularning milliy saylov qonunchiligiga implementasiya qilinishi kabi masalalar yoritilgan.
Saylov standartlari to`g`risidagi bo`limda universal va mintaqaviy saylovlar to`g`risida, O`zbekistonda xalqaro saylov standartlariga mos saylov tizimining rivojlanishi va uning konstitusiyaviy-huquqiy asoslari to`g`risida so`z boradi.
Risolada O`zbekistonda xalqaro-huquq me`yorlarining amalda bajarilishi va O`zR Prezidenti saylovi qonunchiligining asosiy tamoyillarini xarakterlovchi dolzarb huquqiy materiallar alohida o`rin egallaydi.





