Rejissyor Lyuk Bessonning “Taksi” filmi orqali tanilgan fransiyalik aktyor Sami Nasri sobiq rafiqasi bilan janjallashgani uchun hibsga olindi. Bu haqda spletnik.ru xabar tarqatgan.
Chet el ommaviy axborot vositalarining fikrlariga qaraganda, 53 yoshli aktyor sobiq rafiqasi Mari Gillardga qo`l ko`targan va aynan ushbu holat tufayli u qo`lga olingan. Guvohlarning fikricha, ular tengma-teng olishishgan. Ayni damda aktyor polisiyada, unga qanday jazo berilishi noma`lum.
Ma`lumotlarga ko`ra, bu aktyor Sami Nasrining ayollar bilan qilgan birinchi janjali emas. 2014 yilning 15 yanvar sanasida ham u boshqa, sobiq sevgilisini kaltaklagani uchun hibsga olingandi. O`shanda aktyor mast holatda bo`lgan.
Bundan keyin esa u pichoq yordamida o`z tomirlarini kesishga urungani ham ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilgandi. Shuningdek, u pichoq bilan odamlarga tahdid qilish, mast holda mashina boshqarish singari qonunbuzarliklarni ham amalga oshirgan.
2011 yilda o`tkir tig`li buyum bilan bir kishini urgani uchun 6 oyga yaqin umrini qamoqda ham o`tkazgan.





