1

WBO yangilangan reytingida Shohjahon Ergashev yuqoriladi

Sport 20.02.2020, 16:15
WBO yangilangan reytingida Shohjahon Ergashev yuqoriladi

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) fevral oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e`lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Unga ko`ra, super engil vazn (-63,5 kg) toifasida O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) esa bu safar o`tgan oydagi reytingidan bir pog`ona yuqorilagan holda, 12-o`ringa joylashgan. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida ham, IBF reytingida ham bir xil — oltinchi o`rinda bormoqda.

Yarim o`rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) o`tgan oydagi o`rnini saqlab qolgan holda 9-o`rinni band etgan. Ayni vaqtda Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi,WBC reytingida esa ettinchi o`rinni egallab turibdi.

O`ta engil (-50,8 kg, 112 fut) vazn toifasida ringga chiqayotgan o`zbekistonlik Olimjon Nazarov (21-5, 12 KO) ham o`tgan oydagi ko`rsatkichini saqlab, 9-o`ringa joylashgan. Eslatib o`tamiz, Olimjon Nazarov avgust oyida filippinlik Ivan Sorianoni (20-3-1, 10 KO) ochkolar hisobida mag`lubiyatga uchratib, WBO Oriental (mintaqaviy) chempionlik kamari sohibi bo`lgan va shu orqali reytingdan joy olgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1