1

Tinch okeanida vulqon tufayli yangi orol paydo bo`ldi (video)

Dunyo 13.03.2015, 11:59
Tinch okeanida vulqon tufayli yangi orol paydo bo`ldi (video)

Tinch okeanining janubiy qismida Xunga Xaapay suv osti vulqonining otilishi natijasida yangi orol yuzaga keldi, deya xabar beradi scientificrussia.ru nashri.

Ushbu vulqon dastlab 2014 yilning dekabr oyida otilishni boshlagan. Bir necha kun o`tib esa sun`iy yo`ldoshlar orqali Tinch okeani hududida yangi orolning ko`rishi paydo bo`la boshlagan.

Yangi Zellandiyalik vulqonshunos olim Niko Furne Tonga qirolligi poytaxti Nukualof shahridan 45 kilometr uzoqlikda joylashgani haqida aytgan. Orolning uzunligi 1,8 kilometr, kattaligi esa 1,2 kilometrni tashkil qiladi. Olimning fikriga qaraganda, orol qisqa muddat ichida bo`laklarga bo`linib ketishi, parchalanishi va suv tubiga g`arq bo`lishi mumkin. Chunki ayni damda vulqonning ustki qismi vulqondan keyingi lavalar bilan qoplangan. Lavalar esa suvda bo`kib balchiq holatiga kelib qolgan. Hozirga qadar ushbu orolga nom berilganicha yo`q. Biroq agar orol parchalanib ketmasa, Tonga qirolligi uni geografik ob`ekt sifatida o`z hududiga aylantirishi mumkin. Chunki orol ushbu davlat hududida joylashgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1