O`zbek bokschilari yana bir xalqaro turnirda birinchi bo`lishdi

Sport 21.02.2020, 17:46
Teglar: boks, turnir
O`zbek bokschilari yana bir xalqaro turnirda birinchi bo`lishdi

Belarusning Gomel shahrida boks bo`yicha yoshlar o`rtasida SSSR mutlaq chempioni A.Yukov sovrini uchun xalqaro turnir yakuniga etdi. Musobaqada mezbon Belarusdan tashqari Rossiya, Qozog`iston, Ukraina va O`zbekiston terma jamoalari bokschilari ishtirok etishdi. 

Quvonarlisi, bugun yakuniga etgan musobaqada Hamid Tangribergenov boshchiligidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi. Bu haqda "Olamsport" sayti xabar berdi

Terma jamoamiz bokschilari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo`lishdi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlar Belarus va Rossiya terma jamoalariga nasib etdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo`lishdi:

Oltin: 

-52 kg: Fayzullo Xudoyberdiev

-75 kg: Nurislom Ismoilov

-81 kg: Shohjahon Abdullaev

+91 kg: Jahongir Zokirov

Kumush: 

-69 kg: Sirojiddin Xojiakmetov

-75 kg: Login Petrov

Bronza:

-64 kg: Umid Qadamboev

Katta murabbiy: Hamid Tangribergenov

Murabbiylar: Botirjon Mahmudov, Hamid Jiyanbaev

Sherzod Ahmedov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib bordi va musobaqaning eng yaxshi hakami nomiga sazovor bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1