AsosiyMadaniyat

"Yoshlar va kino": Keyingi bekat - Jizzax!

'"Yoshlar va kino": Keyingi bekat -  Jizzax!'ning rasmi

“Yoshlar va kino” shiori ostidagi O`zbek milliy filmlari namoyishi doirasidagi ijodiy uchrashuvlar Jizzax viloyatida davom etmoqda. Jizzax viloyat musiqali drama teatrida"Yassaviy va Suzuk ota" xujjatli filmi ijodkorlari bilan  uchrashuv bo`lib o`tdi.

Namoyishdan so`ng tomoshabinlarning film borasidagi savollariga kinoijodkorlar tomonidan kerakli javoblar berish bilan birga, bu janrdagi kartinalar haqida qiziqarli ma`lumotlar ham aytib o`tildi.

Shundan so`ng tomoshabinlar uchun “Hayot” badiiy filmi namoyish etildi. 

Eslatishda davom etamiz: namoyish va ijodiy uchrashuvlar yurtimiz bo`ylab mart oyiga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar