1

UNESCO vakolatxonasi O`zbekistonda multfilmlar yaratish uchun qurilmalar taqdim qildi

Madaniyat 22.02.2020, 13:32
UNESCO vakolatxonasi O`zbekistonda multfilmlar yaratish uchun qurilmalar taqdim qildi

«O`zbekkino» milliy agentligining Multiplikasiya filmlari studiyasi animasiyali kontent yaratish uchun kompyuter jihozlari, dasturiy ta`minot va fototexnika oldi.

UNESCO’ning O`zbekistondagi vakolatxonasiga ko`ra, bularning barchasi xalqaro tashkilot Janubiy Koreya homiyligida amalga oshirayotgan «Laos, O`zbekiston va Ruandada madaniy-kreativ industriyani mustahkamlash» loyihasi doirasida etkazib berilgan. Yangi fototexnika qo`g`irchoqlar animasiyasini rivojlantirishga ko`mak beradi.

Aziz Muhammedov, rejissyor-animator:

— Bugungi kunda qo`g`irchoqlar animasiyasi bilan bog`liq ishlab chiqarish o`zgargan va plyonkali kinokameralar o`rniga raqamli fotoapparatlardan foydalanish mumkin. O`zbekistonda qo`g`irchoqlar animasiyasini tiklashni rejalashtirganmiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1