Bokschilarimiz xalqaro turnirda birinchi bo`lishdi

Dunyo 16.03.2015, 14:22
Bokschilarimiz xalqaro turnirda birinchi bo`lishdi

Litva poytaxti Vilnyus shahrida boks bo`yicha Litvaning birinchi olimpiya chempioni Dan Poznyak xotirasiga bag`ishlangan an`anaviy xalqaro turnir o`tkazildi. O`ninchi bor tashkil etilgan mazkur musobaqada Litva, O`zbekiston, Ozarbayjon, Qozog`iston, Rossiya, Fransiya, Gollandiya, Gresiya, Italiya, Polsha, Chexiya, Gruziya, Belarus, Estoniya, Ukraina, va Latviya davlatlaridan yosh charm qo`lqop ustalari g`oliblik uchun bahs yuritdilar, deya xabar beradi  O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati.

E`tiborlisi, ushbu xalqaro turnirda ishtirok etgan besh nafar bokschimizdan to`rttasi sovrindorlar safidan o`rin egallashdi va Marat Qurbonov boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi o`rinni band etdi. 

Terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni Bobirmirzo Tolipov (-60 kg), Iqboljon Xoldorov (-64 kg) va Obidjon Tohirov (-91 kg) keltirishdi. Finalga qadar kechgan janglarni mag`lubiyatsiz o`tkazgan yana bir iste`dodli bokschimiz Kozimbek Mardonov (-75 kg) esa kumush medal sovrindori bo`ldi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1