1

2020-2024 yillarda yurtimizda 23 ta sport maktabi quriladi

Sport 23.02.2020, 15:27
2020-2024 yillarda yurtimizda 23 ta sport maktabi quriladi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yurtimizda sport-ta`lim muassasalaridan foydalanish darajasini va ular faoliyati samaradorligini yana-da oshirish, bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug`ullanishga jalb etishni kengaytirish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining besh muhim tashabbusida belgilangan vazifalar hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida qaror qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport, Iqtisodiyot va sanoat hamda Moliya vazirliklari, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga binoan 2020-2024-yillarda bosqichma-bosqich quriladigan sport inshootlarida 23 ta bolalar va o`smirlar sport maktablari hamda etarli sport inshootlariga ega yana 68 ta bolalar va o`smirlar sport maktablarining filiallarini tashkil etiladi.

Reyting tizimi asosida baholash tartibi sport-ta`lim muassasalarining faoliyati darajasi va sifatini oshirish hamda ularning faoliyati samaradorligini aniqlash, sport-ta`lim muassasalarida sport razryadlari va unvonlariga ega bo`lgan sportchilar sonini koʼpaytirishga, iqtidorli sportchilarni tanlash, tayyorlash, saralash ishlarini tashkil etish, sport-ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar, metodistlar, shifokorlarning salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Reyting natijalari esa har yili ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi.

Qolaversa, 2020 yilda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan bolalar va o`smirlar sport maktablarini saqlash harajatlari mahalliy byudjetlarga ajratilgan mablagʼlar doirasida amalga oshirilib, 2021 yildan boshlab esa O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida nazarda tutilishi belgilab qo`yilgan.

Qarorga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi zimmasiga yangidan tashkil etiladigan bolalar va oʼsmirlar sport maktablari ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va ularning davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta`minlash, bolalar va o`smirlar sport maktablarini hamda ularning filiallarini yuqori malakali boshqaruv kadrlari va trenerlar bilan ta`minlash choralarini ko`rish, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelgacha bolalar va o`smirlar sport maktablarining namunaviy shtatlar me`yorlarini qayta ko`rib chiqish choralarini ko`rish vazifasi yuklatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1