1

AQShlik milliarder o`zi haqida suratga olinayotgan xujjatli filmga suratga tushish chog`ida sodir etgan qotilliklari haqida behosdan

Dunyo 16.03.2015, 14:36
AQShlik milliarder o`zi haqida suratga olinayotgan xujjatli filmga suratga tushish chog`ida sodir etgan qotilliklari haqida behosdan

Amerikalik milliarder Robert Darst o`zi haqida suratga olinayotgan xujjatli filmda qotillik sodir etganini tan olgan. Albatta, u buni o`zi bilmagan holda, tasodifan, kostyumining yoqasiga ulab qo`yilgan diktofonni yodidan chiqargan holda “jin ursin, men nima qildim, albatta hammalarini o`ldirdim” deb pichirlagan holda aytib yuborgan, deya xabar bermoqda Day.Az nashri The New York Times gazetasi bergan ma`lumotlar asosida.

6 qismdan iborat bo`lgan ushbu xujjatli filmdagi “iqror”idan so`ng milliarder Robert Darst kecha, 15 mart kuni hibsga olingan.

Ayni  kunda Darstning advokati uni bundan 15 yil oldin Yangi Orleanda Syuzan Berman ismli ayolni o`ldirganlikda ayblab hibsga olganini aytgan. 

Chunki xujjatli filmda 1982 yili Robert Darstning rafiqasi sirli ravishda bedarak yo`qolgani, shuningdek Syuzan Berman borasidagi qotillik haqida so`z boradi. 2001 yil u qo`shnisining o`limida ayblanib, so`ng qamoqdan ozod etilgandi. Buning sababi u qo`shnisini o`zini himoya qilish maqsadida o`ldirgan, deb tan olingandi. Ayni damda ushbu jinoyat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1