1

Butunjahon boks kengashi yanvar oyi reytingini e`lon qildi. Unda o`zbekistonlik bokschilar nechanchi o`rinda??

Sport 24.02.2020, 11:39
Butunjahon boks kengashi yanvar oyi reytingini e`lon qildi. Unda  o`zbekistonlik bokschilar nechanchi o`rinda??

Butunjahon boks kengashi (WBC) yanvar oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, o`zbekistonlik 10 nafar bokschi mazkur reytingdan o`rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Super o`rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko`tarilayotgan o`zbekistonlik Azizbek Abdug`ofurov (13-0, 5 KO) esa oldingi pog`onasini saqlab qolgan holda 2-o`rinda bormoqda. U hamon WBC Silver kamari sohibi sifatida ko`rsatilmoqda.

Yarim o`rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) yangi reytingda bir oy oldingi o`rnidan ikki pog`ona pastlab 7-o`ringa joylashdi. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 9-o`rinlarni egallab turibdi.

Reytingning xalqaro miqyosida tan olingan Top-15 ligida boshqa o`zbekistonlik bokschilar joy olmagan. Ammo WBC boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reytingni tuzib chiqadi. Mazkur kengaytirilgan reytingda yana sakkiz nafar o`zbek bokschisi e`tirof etilgan.

WBC kengaytirilgan reytingida super o`rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo`ziev (5-0, 4 KO) ilk marta paydo bo`ldi. U reytingda o`z vazn toifasining 39-o`rnida qayd qilingan.

Kengaytirilgan reytingda eng yuqori ko`tarilishni super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) qayd etdi. Ergashev o`tgan oyga nisbatan bir yo`la 7 pog`ona yuqorilab 25-pog`onadan joy oldi. Mazkur vazn toifasining yana bir vakili Shahram G`iyosov (9-0, 7 KO) esa bir pog`ona yuqorilab, 21-o`rinda qayd qilingan. Birinchi o`ta engil (-48,99 kg) vazn toifasi vakili Hasanboy Do`smatov (1-0, 1 KO) esa o`tgan oydagi o`rnidan uch pog`ona yuqorilab, 31-o`rindan joy olgan.

O`ta og`ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) 39-o`rinni, super engil vaznda WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov (5-1, 4 KO) esa 40-o`rinni va yarim o`rta vaznda WBC MDH va slavyan mamlakatlari mintaqaviy chempionlik kamari sohibi Jamshidbek Najmiddinov (14-1, 11 KO) ham 40-o`rinni saqlab qolgan.

Super yarim o`rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) o`tgan oydagidan uch pog`ona pastlab 34-o`rindan joy olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1