AsosiySport

"Mash`al" ertaga taqdimot marosimini o`tkazadi

Bu mavsum yuqori maqsadlarni ko`zlayotgan Muborakning "Mash`al" klubi Oliy liga 1-turini safarda Namanganning "Navbahor" klubiga qarshi o`tkazgani bois 2-tur oldidan klub muxlislarga yangi futbolchilarni tanishtiradi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti. 20 mart kuni "Andijon"ni qabul qiladigan "gazchilar" shu o`yin oldidan muxlislar bilan ham uchrashadi. Bu haqda sports.uz nashri xabar qiladi.

Yangi futbolchilar bilan taqdimot 18 mart kuni 11:00 da boshlanadi. Ushbu marosimga barcha OAVlari va muxlislar taklif etiladi.

Uchrashuvda OAV va muxlislar jamoamizga yangi kelib qo`shilgan futbolchilar bilan tanishish, rahbariyat va murabbiylar shtabi bilan suhbatlashish, klubning qolgan a`zolariga o`z raqamlarini topshirish, mavsumdagi liboslarni ko`rib chiqish va boshqa bir necha qismlardan iborat dasturda ishtirok etishadi.

Undan tashqari o`tgan mavsum yoshlar ligasi chempionligini qo`lga kiritgan "Mash`al" yoshlariga o`z medallari tantanali ravishda topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar