Krishtianu Ronaldu 15 mart kuni o`tkazilgan “Real” va “Levante” o`yini vaqtida tribunadagi muxlislarni haqorat qilgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Marca nashri ma`lumotlariga tayanib, Kun.uz nashri xabar beradi.
Ispaniyadagi La Sexta telekanali orqali Ronaldu qay tariqa muxlislarga haqoratomuz munosabatda bo`lgani ko`rsatilgan. «Levante»ga qarshi kechgan uchrashuvning ikkinchi bo`limida madridlik muxlislar futbolchilarning o`yinidan norozi bo`lishib, hushtakbozlik qilishgan. Bunga javoban esa, portugaliyalik futbolchi ularga tomon qarata «fodanse» (ispanchadan tarjimada “bor o`sha yoqqa” ma`nosini anglatadi) so`zini aytgan.