AsosiyJamiyat

Stalingraddagi Pavlov uyining so`nggi himoyachisi o`zbekistonlik Kamoljon Turg`unov hayotdan ko`z yumdi

Kecha, 16 mart kuni 1941-1945 urush yillarida Stalingraddagi Pavlov uyining so`nggi himoyachisi Kamoljon Turg`unov  Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanida joylashgan Bordimqul qishlog`ida 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.  

Urush faxriysi Kamoljun Turg`unov 15 may kuni 93 yoshga to`lar edi. U ikkinchi jahon urushida Stalingrad jangidan keyin Ukraina, Belarus va Evropaning ko`plab shaharlarini ozod qilishda qatnashgan, urush yakunini Magdeburgda qarshi olgan. Urushdan qaytgach, uzoq yillar davomida traktorchi bo`lib ishlagan.

«Otam 14 farzand, 62 nevara va 85 chevarasiga mehribon edi. U so`nggi vaqtlarda betob bo`lib qolgandi, biroq tuzalib, 9 may kunida Moskvadagi paradga bora olishiga ishonardi. Afsuski bu amalga oshmadi», − deydi o`g`li Samig`jon.

    Boshqa yangiliklar