Sho`rchi tuman “Oqtumshuq” mahallasida yashovchi Poyanova Jamilaning Surxondaryo viloyati hokimining ijtimoiy tarmog`iga murojaat yo`llagan.
Hokimga yo`llangan murojaat tuman xalq ta`limi bo`limi mutaxassislati tomonidan o`rganilgan. Unga ko`ra, 52-maktab deriktori haqiqatdan ham maktabning kutubxonachisi vazifasiga 2016 yil 1 martdagi 246-sonli buyruq asosida Mirzaeva Moxira tayinlangan.
2016 yil 7 dekabrdagi maktab direktorining № 271-sonli buyrug`iga asosan Mirzaeva Moxira tug`riq ta`tiliga chiqqanligi sababli o`rniga Poyanova Jamila 2016 yil 7 dekabrdagi № 272-sonli buyrug`iga asosan maktabning asosiy kutubxonachisi vazifasiga tayinlangan.
2019 yil 31 yanvardagi 52-maktab direktorining № 109-sonli buyrug`iga asosan Poyanova Jamila tug`riq ta`tiliga chiqarilgandan so`ng joyiga yana Mirzaeva Moxira maktab direktorining 2019 yil 1 fevraldagi № 110-sonli asosiy buyruq bilan maktab kutubxonachisi vazifasiga tayinlangan.
52-sonli umumta`lim maktabi direktorining chiqarilgan buyruqlaridan xulosa qilinganda, 1 (shtat) birligidagi kutubxonachi vazifasiga 2 nafar fuqoro Poyanova Jamila va Mirzaeva Moxiralarga asosiy bajaruvchi buyruqlar chiqarilganligi ma`lum bo`ldi.
Xalq ta`limi bo`limi tomonidan ushbu buyruqlar o`rganib chiqish uchun Sho`rchi tuman prokuraturasiga taqdim etildi.






