Kecha poytaxtning Yunusobod tumanida “Kunlik ishchilar markazi”ning yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriligi ma`lum qilmoqda.
Binoning ochilish marosimida so`zlagan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov mazkur bino harakatlarining boshlanishi ekanligini, kelgusida markaz qoshida kasbga o`qitish kurslari, tashkil etishini ta`kidlagan. Eng muhimi vazirning aytishicha, bu kabi markazlar nafaqat poytaxtda, balki respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etiladi.
Bu fotosuratlarda kunlik ishchilar uchun yaratilgan zaruriy shart-sharoitlarni ko`rishingiz mumkin.

Mana bu erda ishchilar ro`yxatga olinadi. Ulardan ism-sharifi hamda faoliyat yo`nalishi to`g`risidagi ma`lumotlar talab qilinadi.

Bu er esa arzonlashtirilgan oshxona. Bu erda eguliklarni qulay narxda sotib olish imkoni bor.

Kunlik ishchilarga zarur narsa bu – ish quroli. Ularning o`zida bunday anjomlar bo`lsaku nur ustiga nur. Bo`lmagan taqdirda ham markazdan ijaraga olish mumkin.


Markaz binosiga o`rnatilgan kondisionerlar qishda issiq, yozda salqinlikni ta`minlaydi.

Ish beruvchining kutish davomida ishchilar madaniy hordiq chiqarishi, ta`bga ko`ra kitob o`qishi yoki shaxmat (shashka) blan mashg`ul bo`lishi mumkin.


Shuningdek markaz mehnat muhofazasiga oid ko`rgazmali qurollar bilan ta`minlangan.







