Xabaringiz bor, OChL "S" guruhida ishtirok etayotgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi navbatdagi turda Qatarning "Al Sadd" klubi mehmoni bo`lib, yirik 6:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mazkur uchrashuvdan so`ng tashkil etilgan matbuot anjumani "temiryo`lchilar" bosh murabbiyi Vadim Abramov o`yin haqida quyidagicha fikr bildirdi:
- O`yinni yaxshi boshlagan edik. Birinchi bo`limning dastlabki daqiqalarida nisbatan ustunlik ham qildik. Biroq raqib bizni bir necha bor qarshi hujumda jazoladi. Himoyamiz bunga dosh bera olmadi. Mezbonlar hotirjamlik har bir vaziyatdan unumli foydalandi. Ketma-ket kiritilgan gollardan so`ng nima bo`layotganini tushunmay qoldik. Ikkinchi bo`limda xatolarimizni tuzatitishga urindik, ammo yakuniy natija barchaga ma`lum. Bunday sharmandalikka chidash qiyin. Buning uchun muxlislardan kechirim so`rayman.
Ushbu natijadan so`ng Qatarliklar guruhda 7 ochko to`plab etakchilik qilayotgan bo`lsa, "Al Hilol" (4 ochko) va "Fulad" (3 ochko) keyingi o`rinlarni band etgan. "Lokomotiv" esa 1 ochko bilan so`nggi pog`onada bormoqda.
Eslatib o`tamiz, "Temiryo`lchilar" navbatdagi uchrashuvni 8 aprel kuni yana "Al Sadd"ga qarshi o`tkazadi, biroq bu safar o`z maydonida. Bu uchrashuvda jamoa yo`l qo`yilgan xatolardan to`g`ri xulosa chiqarib, g`alaba qozonishini kutib qolamiz.
Manba: sports.uz