1

Nurafshon shahrida "Turizm mashruti" joriy qilinadi

Madaniyat 27.02.2020, 12:33
Nurafshon shahrida "Turizm mashruti" joriy qilinadi

2020 yil Toshkent viloyati Nurafshon shahrida ziyoratgohlar ta`mirlanib "Turizm mashruti" joriy qilinadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.

Toshkent viloyati  Nurafshon shahar hokimi Qahramon Hakimov va Madaniy meros departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig`i Mansur Israilovlar Nurafshon shahridagi 7 ta Madaniy me`ros ob`ektlari kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish va ushbu shaharda joylashgan "Mushruk ota"   va "Axtam saxoba" ziyoratgohlari 2020 yilda bunlay qayta ta`mirlab xalqimiz uchun taqdim etish bo`yicha tegishli masalalarni muxokama qilishdi.

 

Bundan tashqari ushbu ziyoratgohlar ta`mirlangandan so`ng "Turizm mashrutlari"ni  joriy etishni kelishib oldilar.

 

Bugungi kunda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 7 ta Madaniy me`ros ob`ektlari mavjud bo`lib, ulardan 2 tasi diqqatga sazovor joy hisoblanadi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1