AsosiySport

Bugun Dubayda O`zbekiston – “Al Ahli” o`yini bo`lib o`tadi

Bugun, 19 mart kuni plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi BAAning Dubay shahrida o`tkazayotgan o`quv-mashg`ulot yig`ini doirasidagi ilk o`rtoqlik uchrashuvida qumga tushadi. Ahadjon Yusupov shogirdlari mahalliy “Al Ahli” klubi bilan hisob-kitob qilishadi.

Uchrashuv “Al Ahli” klubiga tegishli sohil futboli maydonida bo`lib o`tadi. Ayni daqiqalarda esa terma jamoamiz mashg`ulot o`tkazyapti. O`zbekiston – “Al Ahli” uchrashuvi kunning ikkinchi yarmida bo`lib o`tadi. Ertaga esa Ozarbayjon terma jamoasi bilan ham o`rtoqlik o`yini o`tkaziladi. Terma jamoamiz delegasiyasi Time Grand Plaza Hotel mehmonxonasida joylashgan.

Ushbu yig`in terma jamoamiz uchun Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o`tab beradi. Yig`in 21 martga qadar davom etadi. Aslida Ahad Yusupov shogirdlari Quvayt terma jamoasi bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazishi kerak edi. Lekin quvaytliklar bosh murabbiyi tarkibda jarohat olgan o`yinchilar ko`payib ketgani uchun o`yin o`tkazmasligini ma`lum qilgan.

Yig`inni yakunlab, terma jamoa delegasiyasi 22 mart kuni Qatar poytaxti Doha shahriga yo`l oladi. Doha shahri 23-28 mart kunlari bo`lib o`tadigan plyaj futboli bo`yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Mintaqaning 15 ta eng yaxshi jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish orqali shu yili 9-19 iyul kunlari Portugaliyada bo`lib o`tadigan plyaj futboli bo`yicha Jahon chempionatiga ajratilgan 3 ta yo`llanma uchun kurashadi.

O`zbekiston terma jamoasi “C” guruhida BAA, Falastin hamda Iroq terma jamoalariga qarshi qumga tushadi. Yusupov shogirdlari 23 mart kuni Falastin, 24 martda BAA, 25 mart sanasida Iroq terma jamoasi bilan munosabatlariga oydindik kiritib olishadi

Manba: olamsport.com

    Boshqa yangiliklar