AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari joriy qilinadi

'O`zbekistonda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari joriy qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4611-sonli Qarori qabul qilindi. Bu haqda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartdarini (MHXS) joriy etish jarayonini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ Moliya vazirligi xabar beradi.

Qarorga binoan, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlarni tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etishning “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo`l xaritasi” o`n sakkizta chora-tadbirlarni qamrab olgan, shu jumladan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan e`lon qilinadigan moliyaviy hisobotlarni sifatini xalqaro prinsiplarga muvofiqligi nazoratini o`tkazishga, shuningdek quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga yo`naltirilgan:

  1. MHXSni joriy etish jarayonini tizimlashtirish va uning natijadorligini oshirish.
  2. Kadrlarni tayyorlash va oliy ta`limning buxgalteriya hisobi va audit ta`lim yo`nalishlari sifatini oshirish tizimini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar.
  3. MHXS bo`yicha buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida mutaxassislarni o`qitishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar