Respublika Neyroxirurgiya ilmiy markazi olimlari tomonidan distansion video maslahat dasturi ishlab chiqildi

Salomatlik 19.03.2015, 14:53
Respublika Neyroxirurgiya ilmiy markazi olimlari tomonidan distansion video maslahat dasturi ishlab chiqildi

O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining rasmiy sayti bergan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu video maslahat shoshilinch diagnostika o`tkazish va bemorlarni neyrojarrohlik usuli bilan davolash maqsadida mutaxassislar o`rtasida distansion videomaslahatlar uchun mo`ljallangan.

  • Dasturning funksional imkoniyatlari-mahalliy aloqa texnik xarakteristikalariga va bizning ehtiyojlarimizga moslashtirilgan video-audio va matnli axborotni uzatish;
  • matnli xulosalarni ko`rish,
  • eshitish va konsultasiya joyiga jo`natish imkonini beradigan dialog darchalari; dastlabki ma`lumotlar (tasvirlar, elektrsignallari, masalan, elektrokardiogrammalar va h.k.) darajasida ham, kasallik tarixi darajasida ham axborot almashinishning standart shakllari;
  • axborotni siqish algoritmlari; ma`lumotlar bazasini arxivlash va saqlashdan iborat.

Mazkur distansion video maslahat dasturini ishlab chiqqan olimlar I.A.Yugay, M.D.Mirzabaev va I.E.Soyibovga № DGU 02968 raqamli guvohnoma berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1