1

Tanzila Narbaeva kambag`allikni kamaytirish senatorlarning ham vazifasi ekanini aytdi

Siyosat 28.02.2020, 12:54
Tanzila Narbaeva kambag`allikni kamaytirish senatorlarning ham vazifasi ekanini aytdi

Bugun Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisini ochib bergan Senat Raisi Tanzila Narbaeva kambag`allik masalasiga to`xtalib o`tdi: 

— Kecha davlatimiz rahbari boshchiligida o`tkazilgan selektor majlisida ko`tarilgan kambag`allikni kamaytirish masalasiga men ham to`xtalib o`tmoqchiman. Bu masala biz – senatorlar elkasiga yuklatilgan vazifa deb bilamiz. O`zbekiston tarixida birinchi marta kambag`allik borligi tan olindi va juda katta aholi sonini tashkil qilishi – 4-5 mln aholi kambag`allik darajasida yashayotgani aytildi. 

Bu masala kun tartibiga avval qo`yilmagandi. Davlatimiz rahbari odamlarning hayotiy ehtiyojlari, zaruriy ovqatlanishi, davolanishi, farzandlarini o`qitishi, kiyintirishi uchun mablag`lari bormi, etarlimi, degan savollar har kuni o`ylantirishini, qiynab kelishini aytdilar.

Xalqimiz oriyatli, kambag`allikni boshidan kechirsa ham birovga gapirmaydi. Mana shu insonlarga yordam berish uchun davlatimiz tomonidan mablag`lar ajaratilishi rejalashtirilyapti. Bu mablag`larni o`z o`rnida ishlatish, yangi ish o`rinlarini yaratish, yil oxirigacha kambag`allikni kamaytirish masalasi ham qo`yildi. 

Manu shu vazifalar bajarilishida senatorlar, mahalliy kengash deputatlari birinchi bo`lib chiqishlari kerak. Ular endi mahallalarda kambag`al oilalarning ro`yxatini tuzib, ularning sha`nini ehtiyot qilgan holda tadbirkorlikka o`qitish ishlariga ko`maklashishi kerak bo`ladi. 

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tgan kambag`allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo`yicha videoselektor yig`ilishi haqida bu erda o`qishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1