«Paxtakor» va davlatga tegishli yana 4ta futbol klubi sotuvga qo`yiladi, bitta klub tugatiladi

Sport 29.02.2020, 12:25
«Paxtakor» va davlatga tegishli yana 4ta futbol klubi sotuvga qo`yiladi, bitta klub tugatiladi

Davlat ulushi bor O`zbekistondagi oltita futbol klubi sotuvga qo`yiladi. GoSport.uz manbasi xabariga ko`ra haqda O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning tegishli qarori imzolanishi kutilmoqda.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan qisqartirish, davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotish orqali xususiy sektor rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida chiqarilayotgan qaror loyihasida O`zbekistondagi oltita futbol klublari nomi ham sanab o`tilgan.

Qarorga ko`ra, Termizning «Surxon» va «Buxoro» klublari 100 foiz aksiyasi sotuvga qo`yilgan bo`lsa, «Paxtakor» klubining Toshkent shahar hokimligiga tegishli 20 foiz, «Dinamo» klubining Samarqand hokimligiga tegishli 7,1 foiz va «Neftchi» klubining Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tegishli 3 foiz aksiyalari ham sotuv uchun qo`yiladi. Sirdaryoning «Guliston» klubi (30 foiz aksiyasi viloyat hokimligiga tegishli) esa bankrotlik tamoyili asosida tugatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1