1

Italiyada uch futbolchi koronavirusni yuqtirib oldi. 40dan ortiq o`yin qoldirildi

Sport 01.03.2020, 17:52
Teglar: futbol, koronavirys, Italiya
Italiyada uch futbolchi koronavirusni yuqtirib oldi. 40dan ortiq o`yin qoldirildi

Italiya mahalliy futbol chempionati uchinchi divizionida ishtirok etadigan “Pyaneze” jamoasining uch nafar a`zosi va bir nafar xodimga koronavirus tashxisi qo`yildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu dunyo sportida jamoa o`z tarkibida kasallikka chalinganlar borligini rasman e`lon qilishi bilan bog`liq birinchi holat.

“Ayni paytda o`tgan dam olish kunlari safarda bo`lgan barcha o`yinchilar, texnik xodimlar va menejerlar o`z uylarida 15 kunlik ishonchli karantinda saqlanmoqda”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Ushbu klub S seriyaning “A” guruhida ayni paytda 24 ochko bilan 19-o`rinda ketmoqda.

Professional futbolchilar orasida koronavirusga chalinish bilan bog`liq ilk holat ham “Pyaneze” nomi bilan bog`liq. Uning vakili 27 fevralda mazkur kasallikni yuqtirib olgani ma`lum bo`lgandi. Uning ismi-sharif oshkor etilmayapti.

La Nazione manbasi xabariga ko`ra, 22 yoshli sportchi hatto o`tgan hafta, 23 fevral kunidayoq tobi yo`qligidan shikoyat qilgan va shu tufayli jamoasi o`yinini o`tkazib yuborgan ekan.

U o`shanda o`zini lohas his qilib, harorati ko`tarilgan edi. Koronavirus bo`yicha o`tkazilgan test esa ijobiy natija bergani uchun u zudlik bilan shifoxonaga yotqizilib, izolyasiya qilindi. Qayd etilishicha, ayni paytda bu atletning ahvoli qoniqarli darajada.

Oradan biroz o`tib italiyalik murabbiy Juzeppe Sannino jamiyatdan ajratilgani ma`lum qilindi. U Budapeshtning “Gonvedom” klubi bilan ishlar edi. Garchi keyinchalik unda koronavirus belgilari aniqlanmagan bo`lsa-da, mutaxassis karantinda qoldirilgan.

Shundan so`ng u yordamchisi Alessandro Resenti bilan Italiyaga qaytib ketgan. Aeroportdagi tekshiruvlarda ham Juzeppeda bunday kasallik alomatlari yo`qligi ma`lum bo`lgan.

Albatta, shu kabi holatlar italyan futboliga ta`sir etmasdan qolmadi. Quyi divizionlarda 40dan ortiq matchlar bekor qilindi, A seriyadagi “Inter” – “Sampdoriya”, “Atalanta” – “Sassuolo”, “Verona” – “Kalyari” i “Torino” – “Parma” bellashuvlari boshqa kunga ko`chirildi, o`yinlar, jumladan, oltin medal uchun kurash taqdirida katta rol o`ynaydigan “Yuventus”-“Inter” bahsi ham bo`sh tribunalarda o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1