AsosiyDunyo

AQSh va «Tolibon» o`rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi

'AQSh va «Tolibon» o`rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi'ning rasmi

Endi AQSh va NATO Afg`onistondan barcha qo`shinlarini olib chiqib ketadi, deyiladi Qatar poytaxti Doxa shahrida tuzilgan tinchlik kelishuvida, deya xabar beradi RIA Novosti axborot agentligi.

AQSh, uning ittifoqchilari va koalisiya ushbu qo`shma deklarasiya e`lon qilinganidan hamda AQSh va "Tolibon" o`rtasida kelishuv imzolanganidan so`ng 14 oy ichida Afg`onistondan qo`shinlarini olib chiqib ketadi.

Shuningdek, kelishuv imzolanganidan so`ng 135 kun ichida harbiy bazalardagi qolgan kuchlarini olib chiqib ketadi va Afg`onistondagi qo`shinlari sonini 8600 nafargacha kamaytiradi.

Doxa shahridagi kelishuvni AQShning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” etakchisining o`rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G`ani Barodar imzolagan.

Eslatib o`tamiz, tomonlar Doxada 2019 yilda ham muzokaralar olib borgan. Biroq tinchlik kelishuvining imzolanishi Afg`onistonda amerikalik harbiylarning halok bo`lishiga olib kelgan terakt sababli barbod bo`lgandi.

Boshqa yangiliklar