O`zbekistonlik yana bir bokschi TOP-15 dan o`rin oldi

Sport 02.03.2020, 12:41
O`zbekistonlik yana bir bokschi TOP-15  dan o`rin oldi

Butunjahon boks assosiasiyasi WBA professional bokschilarning fevral oyi uchun reytingini e`lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Unga ko`ra, reytingda super yarim o`rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (5-0, 5 KO) bu safar o`tgan oydagiga nisbatan bir pog`ona yuqoriladi va 2-o`ringa joylashdi. Bu orqali Isroil WBA yo`nalishining ikkinchi darajali jahon chempionlik kamari (Regular) uchun birinchi raqamli da`vogarga aylandi. U bugun tongda Charli Navarroni (29-10, 22 KO) mag`lub etib, bunday nomga ega chiqqandi.

Reytingdan bu safar ilk marta yarim og`ir (-79,38 kg) vazn toifasi vakili Rustam To`laganov (3-0, 1 KO) paydo bo`ldi. Polshalik Norbert Dabrovskini mag`lub etgan Rustam 15-o`rinni band etib turibdi.

Reytingda o`zbekistonliklar uchun boshqa o`zgarishlar kuzatilmagan. Daniel Romanni (27-3-1, 10 KO) mag`lubiyatga uchratgan Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) xudi o`tgan oydagi kabi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida chempionlar qatorida e`tirof etilmoqda.

Super engil vazn toifasi vakillari Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) va Shahram G`iyosov (9-0, 7 KO) esa o`tgan oyda bo`lgani kabi o`z o`rinlarini saqlab qolgan. Ergashev 6, G`iyosov 7-o`rinda bormoqda. Super o`rta (-76,2 kg) vazn toifasida WBA Continental Americas chempionlik kamari sohibi Bektemir Meliqo`ziev (5-0, 4 KO) ham o`z o`rnini saqlab qolgan holda 15-o`rinda qayd qilingan.

Reytingda o`zbekistonlik boshqa sportchilar o`rin olmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1