AsosiyShou-biznes

Jasur Umirovdan bahoriy xazilomuz tarona premerasi

Aslida noan`anaviy mavzudagi qo`shiqlari bilan e`tiborga tushgan Jasur Umirov bugun yana bir yangi ijod namunasini taqdim etdi. Bahor mavsumiga mos tarzda yaratilgan qo`shiq "Vay vay" deya ataladi. Bu taronaning matnini Jasur Umirovning o`zi yozgan bo`lib, undagi xazilomuz tarzdagi satrlar yoqimli kayfiyat bahsh etsa, ajab emas. 

Qo`shiqning musiqasini Zafar Qodirov bastalagan bo`lsa, Timur aranjirovkasi ustida ishlagan. "Vay vay" nomli sho`x va raqsbop ohangdagi tarona "O`zbegim Taronasi" radiosi orqali ilk bora jarang sochib, ko`pchilikka bahoriy jo`shqin kayfiyat bahsh etdi, desak adashmagan bo`lamiz. Ko`plab tinglovchilar aynan qo`shiqning xazil tariqasida yozilgan satrlariga e`tibor qaratishganini ma`lum qilishdi. Bu tarona uchun ham Jasur Umirovdan o`z yo`nalishida klip kutib qolishlarini bildirishdi. Xonandaning ma`lum qilishicha, aslida bu yil uchun ijodiy rejalari bisyor.

Manba: popcorn.uz

    Boshqa yangiliklar