1

Turkiyaliklar endi Prezident Shavkat Mirziyoevning nutq va ma`ruzalari bilan o`z tillarida tanishishlari mumkin

Siyosat 03.03.2020, 10:44
Turkiyaliklar endi Prezident Shavkat Mirziyoevning nutq va ma`ruzalari bilan o`z tillarida tanishishlari mumkin

Turkiyada turk tilidagi “Yangi O`zbekiston — kelajagi buyuk davlat!” kitobi chop etildi. To`plamdan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutq va ma`ruzalari o`rin olgan, deya xabar beradi O`zA.  

Mazkur nashr Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Kutubxonalar va nashriyotlar Bosh boshqarmasi, Madaniyat va targ`ibot boshqarmasi hamda O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan professor Firat Purtash rahbarligidagi guruh tomonidan tayyorlandi.

O`zbekiston – Turkiya munosabatlari tobora qalinlashib, ushbu davlat fuqarolarida mamlakatimizga qiziqish kun sayin ortib borayotgan bir vaziyatda bu ayni muddaodir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1