AQShda 12 yoshli qizaloq tortib olingan iPhone uchun o`z onasini zaharlab kelayotgani ma`lum bo`ldi

Dunyo 23.03.2015, 16:56
AQShda 12 yoshli qizaloq tortib olingan iPhone uchun o`z onasini zaharlab kelayotgani ma`lum bo`ldi

AQShning Kolorado shtati, Denver shahrida iPhone uyali aloqa telefonidan foydalanishni man etgani uchun 12 yoshli qizaloqning o`z onasini oqartirishda ishlatiladigan modda bilan ikki marta zaharlagani ma`lum bo`ldi. Bu haqda glunews.ru xabar beradi.

Birinchi bor u onasi ichadigan kokteyl ichiga oqatirish moddasini solgan. Ayol undan juda kam miqdorda ichgan va unda qandaydir kimyoviy modda borligini sezgan. Lekin bu uning e`tiborini tortmagan. Ikkinchi marta esa ichimlik suviga qo`shib yuborgan. Biroq suv tarkibida xlor moddasining nihoyatda ko`pligini sezgan ayol polisiyani chaqirgan. Zaharlangan suvni ichib yuborgan ayol shifoxonaga yotqizilgan. Suvdan birozgina tatib ko`rgan ayolga uyga ketish uchun ruhsat berilgan.

O`z onasini zaharlamoqchi bo`lgan qizaloq esa qo`lga olindi va aybiga iqror bo`lgan. Uning aytishicha shu yo`l bilan u o`z onasidan tartibga chaqirmoqchi bo`lgan ekan. Ayni damda qasddan odam o`ldirishda ayblanib, voyaga etmaganlar jinoyat markazida so`roq qilinmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1