1

Qori Din Muhammad: "Ildizlarimiz bir panjaning besh barmog`i kabi birlashgan. Shuning uchun sizning ko`magingiz uzoq mamlakatlarnikidan ko`ra samaraliroq bo`ladi"

Siyosat 03.03.2020, 18:36
Teglar: Afg`oniston, O`zbekiston, Tolibon
Qori Din Muhammad: "Ildizlarimiz bir panjaning besh barmog`i kabi birlashgan. Shuning uchun sizning ko`magingiz uzoq mamlakatlarnikidan ko`ra samaraliroq bo`ladi"

“Tolibon” harakati Qatardagi vakolatxonasi rahbarining o`rinbosari Qori Din Muhammad O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qo`shni davlat tinchligi va xotirjamligi yo`lidagi sa`y-harakatlarini yuqori baholadi.

–Afg`onistonda uzoq yillardan buyon (deyarli 40 yil) urush davom etib kelmoqda. Shu munosabat bilan bizning qo`shnilarimiz uchun ham urushni to`xtatish va mamlakatda tinchlik o`rnatish juda muhim. Biz bilamizki, O`zbekiston Prezidenti Afg`onistonda tinchlik o`rnatishda muhim tamoyillarni ilgari surdi va biz bugungi kunda ularning tarixiy samaralarini ko`ryapmiz.

Afg`oniston va O`zbekistonning nafaqat chegaralari, balki madaniyati ham birlashib ketgan. Ikki mamlakat xalqlari bir daryoning ikki qirg`og`ida yashashadi. Bizning taqdirlarimizning tarixiy ildizlari bir panjaning besh barmog`i kabi o`zaro tutashgan. Shuning uchun ham sizning tinchlikni ta`minlash, qurilish, ta`lim va boshqa sohalardagi o`sish va rivojlanishni ta`minlashda sizning ko`magingiz boshqa uzoq mamlakatlarnikidan ko`ra samaraliroq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1