1

Abdulaziz Komilov: "Biz ikki yilda Toshkentdan Doxagacha bo`lgan 40 yillik urush mobaynida ham bosilmagan katta yo`lni bosib o`tdik"

Madaniyat 03.03.2020, 18:57
Teglar: Afg`oniston, O`zbekiston
Abdulaziz Komilov: "Biz ikki yilda Toshkentdan Doxagacha bo`lgan 40 yillik urush mobaynida ham bosilmagan katta yo`lni bosib o`tdik"

– AQSh va Afg`oniston “Tolibon” harakati o`rtasida muhim hujjat – tinchlik shartnomasi imzolandi. Ikki tomon o`rtasida o`rnatilgan kelishuvlarning asosiy sharti o`q otish, zo`ravonlikni to`xtatish va Afg`onistonda tinch muzokaralarni boshlashga qaratilgan. Ushbu yo`l 40 yil deganda ilk bora ochib berildi. Va aytish lozimki, keyingi ikki yilda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan o`tkazilayotgan Toshkent konferensiyasi boshlanganidan buyon juda ko`p ishlar qilindi. Shu bilan birga bu ishlar birinchidan, hali yirik davlatlar tomonidan O`zbekistonning bunday muammolarni hal qilishiga to`liq ishonch bildirilmagan murakkab sharoitlarda amalga oshirildi. Ikkinchidan, baxs va munozaralar ham juda ko`p bo`lgan. Biroq shunday bo`lsa ham Prezidentimizning qat`iyatliligi, mulohazakorligi, real holatni to`g`ri baholay bilgani sababli biz katta muvaffaqiyatga erishdik. Va keyingi ikki yilda Toshkentdan Doxagacha bo`lgan, 40 yillik Afg`on urushi mobaynida bosib o`tilmagan katta yo`lni bosib o`tdik.  

Buning natijasida, birinchidan, O`zbekiston atrofida xavfsizlik va farovonlik kamari shakllanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan Afg`oniston yo`nalishida amalga oshirilgan sa`y-harakatlarning aniq samarasi respublikamiz xavfsizligining mustahkamlanishidir.

Men bitta misol keltirmoqchiman: Doxada bizning “Tolibon” harakati rahbariyati bilan uchrashuvimiz. Bu harakatning vakillari bizga ular tomonidan hech qachon Afg`on tuprog`ida respublikamizga qarshi xavf tug`ilmasligiga va`da berishdi. Men buni nima uchun aytyapman. Chunki hozirda “ertaga “Tolibon” harakati Markaziy Osiyoga, shu jumladan O`zbekistonga ham yurish boshlaydi” degan ayrim taxmin hamda “izoh”lar tarqalmoqda.  

O`ylaymanki,  bu xildagi izohlarni beruvchilar  asosli hulosaga kelishlari kerak. Ikkinchidan, bu bilan bizning oldimizda savdo-sotiq qilishga, mahsulotlarimiz eksportiga, janubiy qo`shnilarimiz bilan kommmunikasiya aloqalarni rivojlantirishga ulkan imkoniyatlar ochilmoqda. Bu Pokiston, Eron, Hindiston va aynan Afg`oniston bozoriga yo`l demakdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1