1

Hakamlar doim “Paxtakor”ga yon bosadimi? “Navbahor” muxlislarining Prezidentga murojaati bo`yicha rasmiy munosabat bildirildi

Sport 03.03.2020, 19:17
Hakamlar doim “Paxtakor”ga yon bosadimi? “Navbahor” muxlislarining Prezidentga murojaati bo`yicha rasmiy munosabat bildirildi

Shu kunlarda Namanganning “Navbahor” jamoasi muxlislarining “Hakamlar “Paxtakor” va “Navbahor” o`rtasidagi har bir o`yinda doim “Paxtakor” foydasiga yon bosadi. Aqlga sig`maydigan xatolar qilib, “Paxtakor”ga g`alabani taqdim qilib berishadi”, degan mazmunda prezidentga yo`llagan videomurojaati bir qator ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilindi.

Ushbu holat yuzasidan kecha, 2 mart kuni O`zbekiston futbol assosiasiyasining hakamlik qo`mitasida yig`ilish o`tkazildi.

Unda O`zbekiston Superligasining 1-turidan o`rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi hakamligi ham ko`rib chiqildi. Uchrashuv bosh hakami Ilgiz Tantashevning ushbu uchrashuvdagi faoliyati O`FA hakamlar qo`mitasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o`rganildi. Buning natijasida bosh hakam tomonidan o`yin tizgini qo`ldan chiqarilgani va intizomiy qarorlaridagi xatolari sababli 1 oy muddatga Superliga o`yinlaridan chetlatilib, quyi ligaga tushirildi.

Ma`lumot uchun, ushbu hakam “Paxtakor” – “Navbahor” (2:1) o`yinida har ikki jamoadan bir futbolchini chetlatgan va uchrashuvdagi hakamlik mehmon klubning shikoyatiga sabab bo`lgandi, deyilgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1