1

"Real" Madrid O`zbekistonda 2 ta sport maktabini ochadi

Sport 04.03.2020, 08:54
"Real" Madrid O`zbekistonda 2 ta sport maktabini ochadi

Ispaniyaning "Real" Madrid futbol klubi jamg`armasi 2020 yil sentyabrda Toshkent va Samarqandda 2 ta xususiy sport maktabini ochadi.

27 fevral kuni "Real" jamg`armasi vise-prezidenti Enrike Sanches, "Real" elchisi Santyago Solari "Santyago Bernabeu"da O`zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G`aniev va El Golazo MChJ bosh direktori Zokirjon Xoliqov bilan uchrashgan .

Xabarga ko`ra, maktab ochish haqidagi shartnoma imzolangan. Kelishuvga ko`ra, sport maktablari Samarqanddagi 59 va Toshkentdagi 281-maktablarda tashkil etiladi. Hozircha bu maktablarga 300 o`quvchini qamrab olish ko`zda tutilgan.

Bu sport maktablarida o`quvchilar va murabbiylarga o`quv qo`llanmalari beriladi, tajriba oshirishlari uchun stajirovkalar tashkil qilinadi. Xorijiy murabbiylar va o`yinchilar bolalar uchun master-klasslar o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1