1

Badiiy gimnastikachilarimiz xalqaro turnirdan medallar bilan qaytdi

Sport 04.03.2020, 10:55
Badiiy gimnastikachilarimiz xalqaro turnirdan medallar bilan qaytdi

Estoniyaning Tartu universiteti sport bazasida badiiy gimnastika bo`yicha “Miss Valentine” Gran-pri musobaqasi o`tkazildi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabr berdi.

Ushbu turnirda O`zbekiston terma jamoasi qizlari – Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoeva va Sofiyabonu Qosimovalar trener Ekaterina Pirojkova rahbarligida ishtirok etib, guruh mashqlarining uch yo`nalishida g`olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Dastlab, vakilalarimiz ko`pkurash yo`nalishida barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda musobaqaning eng yuqori pog`onasini zabt etishdi.

Ko`pkurash yo`nalishida:

1. O`zbekiston – 58,600
2. Rossiya – 58,350
3. Turkiya – 54,050.

Gimnastikachi qizlarimiz 5 ta to`p bilan jamoaviy mashqlar yo`nalishida rossiyaliklardan keyin ikkinchi bo`lishdi.

5 ta to`p bilan jamoaviy mashqlar yo`nalishida:

1. Rossiya – 30,250
2. O`zbekiston – 29,300
3. Turkiya – 28,350.

Terma jamoamiz a`zolari keyingi yo`nalish – 3 halqa bilan juftlikda ishlash bo`yicha o`tkazilgan bahslarda ham ikkinchi natijani qayd etishdi: 

1. Rossiya – 30,150
2. O`zbekiston – 29,300
3. Kanada – 27,200.

Ma`lumot uchun, Estoniyada o`tkazilgan ushbu turnir birinchi bor oliy toifali musobaqa sifatida tashkil etilib, unda dunyoning eng etakchi gimnastikachilari ishtirok etishdi. Ular orasida Olimpiada sovrindorlari va bir qator xalqaro musobaqalarning ko`pkarra g`oliblari ham bor edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1